|

Версия сайта для слепых
10-10-2025 17:57

Toyloq tumanida noqonuniy ko‘cha savdosiga qarshi choralar ko‘rilmoqda


Toyloq tumanida noqonuniy ko‘cha savdosiga qarshi choralar ko‘rilmoqda

Toyloq tumanining arxitektura qiyofasini tartibga keltirish, xalqaro mehmonlar va turistlar, shuningdek, mahalliy fuqarolar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish maqsadida markaziy ko‘chalar hamda xalqaro yo‘l bo‘ylari bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu sa’y-harakatlar doirasida piyodalar yo‘laklari va yo‘l chetlaridagi yashil hududlar yangilanmoqda, infratuzilma elementlari — yoritish chiroqlari, axlat qutilari va dekorativ bezaklar o‘rnatilmoqda. Ko‘chalar bo‘ylab daraxt va butalar ekish, mavjudlarini parvarishlash orqali ekologik muhitni sog‘lomlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarni jadallashtirish va yanada kengaytirish maqsadida tumanning barcha salohiyati safarbar etilgan. Obodonlashtirish ishlariga tuman hokimligi, tegishli tashkilot va xizmatlar jalb qilingan.
Shu bilan birga, markaziy yo‘llar bo‘yida noqonuniy savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borilmoqda. Xususan, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman IIB boshlig‘i Eldor Raxmatov hamda bir qator tashkilot vakillari ishtirokida noqonuniy savdo bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlarga ogohlantirishlar berildi. Tadbirkorlarga huquqiy maslahatlar berilib qonuniy tartibda faoliyat yuritishga chaqirildi.
Mazkur ishlar tumandagi shaharsozlik tartibini ta’minlash, fuqarolarning xavfsizligi va qulayligini oshirishga xizmat qiladi.
 

Teglar
- -