Toyloq tumanida mahallalarda yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Toyloq tumanida mahallalarda yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori, adliya maslahatchisi A. Sattorov, Samarqand viloyati Yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo'limi boshlig'i adliya kichik maslahatchisi Sh.Turayev, Toyloq tumani hokimi B. Rahmatullaev, tuman prokurori A. Abdullayev, shuningdek, mahalla raislari, tuman tashkilotlari rahbarlari va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosini ta’minlash va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, noqonuniy ulanishlarning oldini olish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, elektr energiyasi bo‘yicha ham amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Bu kabi tadbirlarni boshqa mahallalarda ham davom ettirish belgilab olindi.



