Toyloq tumanida “Kasaba uyushmalari bog‘i” barpo etildi
Toyloq tumanida “Kasaba uyushmalari bog‘i” barpo etildi O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan Toyloq tumanida “Kasaba uyushmalari bog‘i” barpo etildi. Yangi tashkil etilgan ushbu bog‘ kasaba uyushmalari tizimida ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, yashil hududlarni ko‘paytirish va aholi dam olishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida barpo etildi. Bog‘ning umumiy maydoni.0.50 gektarni tashkil etadi. Unda 700 dona olma ko‘chatlari ekildi. Tadbir davomida kasaba uyushmalari faollari, tarmoq tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etib, daraxt ekish aksiyasida faol qatnashdilar. Ular tomonidan bir necha yuzlab ko‘chatlar o‘tqazilib, har bir ekilgan daraxtga mas’ullar biriktirildi.



