|

Версия сайта для слепых
10-10-2025 18:10

Toyloq tumanida “Ijtimoiy ko‘cha” tashkil qilish bo'yicha olib borilayotgan qurilish ishlari o'rganildi


Toyloq tumanida “Ijtimoiy ko‘cha” tashkil qilish bo'yicha olib borilayotgan qurilish ishlari o'rganildi

Toyloq tumani markazida barpo etilayotgan “Ijtimoiy ko‘cha” hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari tuman hokimi B. Raxmatullayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarmasi boshlig‘i Sh. Yo‘ldoshev hamda tegishli soha rahbarlari ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida ko‘cha bo‘ylab olib borilayotgan ishlarning joriy holati atroflicha tahlil qilindi.
Tegishli rahbarlarga mavjud muammolarni bartaraf etish, ish sifati va jadalligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Ushbu loyiha amalga oshirilishi bilan nafaqat tuman infratuzilmasi yanada rivojlanadi, balki aholining ijtimoiy hayot sifati oshishiga ham xizmat qiladi.
 

Teglar
- -