insurez
29-09-2025 13:05

Toyloq tumani hokimligida “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.


Toyloq tumani hokimligida “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman prokurori A.Abdullayev, IIB boshlig‘i E. Raxmatov, tuman kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilt rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman prokurori A. Abdullayev tomonidan “Maishiy kolrrupsiyaning oldini olish masalasi” mavzusida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan korrupsiya jinoyatiga qarshi kurash barchaning birdek vazifasi ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar tinglanib, mazkur jinoyatga qarshi kurashishda keng jamoatchilik va tegishli tashkilotlar bilan xamkorlikda muntazam  targ‘ibot tadbirlarini olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -