Toyloq tumani hokimi tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida bo‘ldi
Toyloq tumani hokimi tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida bo‘ldi Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar bo‘limida bo‘lib, muassasada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, isitish tizimining holati, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, shuningdek, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Shuningdek, davolanayotgan bemorlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Bo‘lim hududida ayrim kamchiliklar ham aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Tuman hokimi sog‘liqni saqlash sohasida yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda xodimlar uchun qulay ish muhitini yaratish muhimligini ta’kidladi.



