|

Версия сайта для слепых
07-10-2025 13:04

Toyloq tumani hokimi parrandachilik fermasida bo‘ldi


Toyloq tumani hokimi parrandachilik fermasida bo‘ldi

 Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev “Siyob Shavkat Orzu” fermer xo‘jaligiga qarashli parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi fermada bo‘ldi.
Hokim xo‘jalikda olib borilayotgan ishlar, parrandalarni boqish jarayoni hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi. Fermer xo‘jaligida asosan go‘sht mahsuloti olish maqsadida tovuqlar yetishtiriladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yerda tovuqlarni parvarishlash muddati maksimal 33 kunni tashkil etadi. Shu davr mobaynida parrandalar to‘liq boqilib, go‘sht uchun tayyor holatga keltiriladi. O‘rganish davomida tuman ferma ishchilari bilan samimiy suhbatda bo‘ldi. 
Hokim joylarda yaratilayotgan bunday zamonaviy parrandachilik fermalari tuman iqtisodiyotini rivojlantirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Teglar
- -