Toyloq tumani hokimi 69932-sonli harbiy qismda bo‘ldi
Toyloq tumani hokimi 69932-sonli harbiy qismda bo‘ldi
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev 69932-sonli harbiy qismda bo‘ldi.
Harbiy qismda olib borilayotgan ta’mirlash va qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. U yerda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari, xususan, shart-sharoitlarni yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlar yuqori baholandi.
Shuningdek, hokim Bog‘izog‘on markaziy o‘yingohining mavjud holatini ham ko‘zdan kechirdi. O‘yingohdagi kamchiliklar va ehtiyojlar yuzasidan tuman mutasaddilariga aniq topshiriqlar berildi. Yashil maydonni qisqa vaqt ichida zamonaviy talablar asosida yangilash, aholi va yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.



