insurez
25-10-2025 07:04

Toyloq tuman hokimining 25-oktabr – Ichki ishlar xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi


Toyloq tuman hokimining 25-oktabr – Ichki ishlar xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari, qadrli soha faxriylari!
Sizlarni 25-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Sizlar xalqimiz tinchligi, jamiyat osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelmoqdasiz. Yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda sizlarning mardona mehnatingiz, sadoqatingiz va qat’iyatingiz tahsinga loyiqdir.
Bugun mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida ichki ishlar tizimi xalqchil va professional tuzilmaga aylanib, xodimlarning o‘rni va mas’uliyati yanada ortmoqda.
Sizlarning har biringiz o‘z kasbiga sadoqat, halollik va fidoyilik bilan xizmat qilib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va farovonligi yo‘lida munosib hissa qo‘shmoqdasiz.
Toyloq tumanida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, yoshlarni huquqbuzarlikdan asrash, jamoat xavfsizligini mustahkamlashda sizlarning xizmatlaringiz beqiyosdir.
Sizlarga sihat-salomatlik, mas’uliyatli faoliyatlaringizda yangi zafarlar, oilalaringizga fayz-u baraka va farovonlik tilayman!
Yurt osoyishtaligi yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz bardavom bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev

 

Teglar
- -