Toyloq saxovati - meva-sabzavotchilik festivaliga tayyorgarlik ishlari avjida
Toyloq saxovati - meva-sabzavotchilik festivaliga tayyorgarlik ishlari avjida
Toyloq tumanida 15-oktabr kuni ilk bor o‘tkaziladigan meva-sabzavot sayliga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. Mazkur sayl tumanimizning agrar yo‘nalishdagi salohiyatini namoyish etish, mehnatkash dehqonlarimizning fidokorona mehnatini qadrlash hamda aholini sermazmun dam olishga chorlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev mazkur tadbirga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishar ekan, saylni yuqori darajada va uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berdi. Shuningdek, sayl hududida tartib-intizom, tozalik va xavfsizlikni ta’minlash, mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan ham ko‘rsatmalar berildi.
Qurʼon tilovat qilinib, dehqonlar hosilining mo‘l-ko‘lligi tilanib, qurbonlik qilindi.



