Toyloq Ota ziyoratgohida obodonlashtirish ishlari boshlanadi
Toyloq Ota ziyoratgohida obodonlashtirish ishlari boshlanadi
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev bir qator tashkilot vakillari bilan birga Toyloq Ota qadamjosi ziyorat qilindi. Ushbu hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi va yangi vazifalar belgilab olindi.
Ziyoratgoh hududini yanada chiroyli va zamonaviy qiyofaga keltirish maqsadida bir qator ishlar rejalashtirilgan. Jumladan, maqbaraning ichki qismlarida oqartirish (oqlash) ishlari olib borilishi belgilandi. Shuningdek, hududdagi daraxtlarga ishlov berish, ularni shakllantirish va parvarish qilish, umumiy tozalik va obodlikni ta’minlash ishlari amalga oshiriladi.
Tuman rahbari ziyoratgoh hududini yanada jozibador holga keltirish, uni mahalliy va xorijiy ziyoratchilar uchun qulay maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi. Shuningdek, ushbu muqaddas maskanning tarixiy va ma’naviy ahamiyatini e’tiborga olib, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish lozimligi ta’kidlandi.



