|

Версия сайта для слепых
05-11-2025 20:58

To‘y va marosimlarni tartibga solishda jamoatchilik hamkorligi


To‘y va marosimlarni tartibga solishda jamoatchilik hamkorligi 29-son BMSMda “To‘ylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarning o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda tuman nuroniylar kengashi raisi M. To‘rayev, To‘y va marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha jamoatchilik kengashi raisi Q. Hojiqulov, "Qo‘shchinor" gazetasi bosh muharriri, tuman ayollar targ‘ibot guruhi rahbari M. Yo‘ldosheva, tuman bosh imom-xatibi B. Narzullayev shuningdek, mahalla raislari, otinoyilar, nuroniylar, mahalla faollari qatnashishdi. Davra suhbatida to‘y va marosimlarda ortiqcha dabdabaga, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, xalqimizning asrlar davomida shakllangan odob-ahloq, urf-odatlariga amal qilish, shuningdek, yosh oilalarga ibrat bo‘ladigan namunali to‘ylarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda to‘y va marosimlarni ixcham, ammo mazmunli tarzda o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan me’yorlar, shuningdek, so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyatini ta’kidladilar. Tadbir davomida to‘y va marosimlarni rejalashtirishda tejamkorlik, milliy qadriyatlarni saqlash, yoshlarni isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik ruhida tarbiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Yakunda davra suhbati ishtirokchilari tomonidan har bir mahallada “namunali to‘y” o‘tkazish tajribasini joriy etish, bu borada targ‘ibot ishlari va amaliy yordamni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Teglar
- -