Temir yo‘l – taraqqiyot yo‘li
Temir yo‘l – taraqqiyot yo‘li
Yurtimiz bo‘ylab infratuzilma sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida tumanimizda ham yangi temir yo‘l tarmog‘i barpo etilmoqda. Mazkur loyiha nafaqat hududning transport-logistika salohiyatini oshiradi, balki iqtisodiy rivojlanish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Yangi temir yo‘l liniyasi orqali sanoat zonalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hamda yo‘lovchi tashish imkoniyatlari sezilarli darajada yaxshilanadi.
Bugun Toyloq tumani hokimi B.Rahmatullayev hamda tuman prokurori A.Abdullayevlar temir yo‘li atrofida joylashib, tadbirkorlik qilib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, atrofni obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish bo'yicha topshiriq va ko'rsatmalar berishdi.