insurez
11-08-2025 12:00

Talliotada sayyor qabul


Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Inson manfaatlari oliy qadriyat. Har bir davlat xizmatchisi xalqqa xizmat qilishi kerak degan tamoyil ostida  joylarda rahbarlarning fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlari tashkil etilmoqda. Buning asnosida yechimi topilmayotgan masalalar ijobiy hal etilib, dillarda umid uchquni porlamoqda.
    Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayevning navbatdagi fuqarolar qabuli ham turli mazmundagi masalasiga chora istab kelgan odamlar bilan gavjum bo‘ldi. 
     Talliota mahallasidagi sayyor qabulda fuqarolardan mahalla hududidagi tibbiyot punkti binosini ta’mirlash, mahallaga kirish ko‘chasiga tungi yoritgichlar o‘rnatish, ikkita qishloq o‘rtasidagi yo‘lni ta’mirlash  masalalarida murojaatlar kelib tushdi.
     Fuqarolarning mavjud masala va muammolariga huquqiy tushuntirishlar berilib, muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

 

Teglar
- -