Ta'lim tizimi va yangicha yondashuvlar
Ta'lim tizimi va yangicha yondashuvlar
Tuman hokimi tumandagi 2-sonli politexnikumda bo'di.
O'rganishda ta’lim muassasasida o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, amaliy mashg‘ulotlar uchun mavjud jihozlar va xom ashyolar, shuningdek, muassasa binosining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Hokim o‘qituvchilar va muassasa xodimlari bilan suhbatlashib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Ushbu uchrashuv davomida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Tashrifning asosiy maqsadi — kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni amaliy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash, shuningdek, mavjud infratuzilma holatini yanada yaxshilashdan iborat bo‘ldi.