Ta’lim sohasiga yana bir muhim qadam tashlandi
Ta’lim sohasiga yana bir muhim qadam tashlandi
Bog‘izog‘on mahallasining 57-umumta’lim maktabida yangi qo‘shimcha binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda B. Raxmatullayev, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Marosimda ramziy lentalar kesilib, yig‘ilganlar yangi bino va unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Respublikamizda, jumladan Toyloq tumanida ham ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. Yangi bino foydalanishga topshirilishi esa mazkur maktab o‘quvchilari uchun zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Yangi qad rostlagan bino 240 o‘ringa ega bo‘lib barcha shart-sharoitlar zamonaviy sinf xonalari hamda jihozlari bilan taʼminlangan.