insurez
19-05-2025 10:03

TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHATLAR


TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHATLAR KELAJAK KAFOLATI

✔️Davlatimiz rahbari boshchiligida maktabgacha va maktab ta'limi sohasini yanada rivojlantirish borasida o'tkazilgan yig'ilishda ko'rilgan masalalarning barchasi yosh avlodning barkamol inson bo'lib kamol topishi, vatan ravnaqi yo'lida xizmat qilishida muhim dasturi amaldir.
 ✍️Oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimi uchun ajratilgan  mablag'lar miqdori 7 karra oshirilganligi, joriy yilda  60 trillion so'm yo'naltirilganligi,  bu ta'lim sohasida olib borilayotgan islohatlarning eng muhim namunasidir.
 🗣Ta’limda sifat bo'lishi uchun eng avvalo pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor bo'lishi lozimligi to'g'risida Davlat rahbari tomonidan aytilgan fikrlarda chuqur ma'no bor. Bu borada Avloniy malaka oshirish institutini transformatsiya qilinganligi, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi,
Nizomiy oliygohi - Milliy pedagogika universiteti sifatida tayanch oliygoh,  uning rektori esa bir vaqtning o'zida kadrlar tayyorlash bo'yicha vazir o'rinbosari hisoblanishi, hududlardagi 12 ta pedagogika oliygohi ham MMTV tizimiga o'tkazilganligi,
Pedagog, talaba va o'quvchilar bilim va ko'nikmasini baholashning yagona tizimi yaratilib, mustaqil bo'lgan Pedagog mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil qilinishi talim sohasidagi islohatlar uchun muhim ahamiyatga egadir.
 🎮Barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan o'zgarishi belgilanganligini Davlatimiz rahbari Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.
Bu oliygohga Yangi O'zbekistan universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq, etiladi. "Top" xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar o'rnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlang'ich ta’lim bo'yicha  oliy maktab tashkil qilinishi ta'lim sohasini isloh qilish uchun muhim qadamdir.

✍️Biz deputatlar ham yurtboshimiz tomonidan ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarda hamnafas bo'lib, ta'lim sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz, farzandlarimizning sifatli ta'lim olishlari uchun ta'lim sifat samaradorligini nazorat qilib borishimiz, bugungi kunning muhim va ustuvor vazifalaridan biridir.

🤝Bobir Xamrayev,
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri.

Teglar
- -