Ta’lim islohotlari: yutuqlar, muammolar va yangi imkoniyatlar
Ta’lim islohotlari: yutuqlar, muammolar va yangi imkoniyatlar
😎 Joriy yilning 15 - may kuni Prezidentimiz rahbarligidagi maktab talimidagi vidioselektr yig‘ilishining asosida, aynan bugunning eng dolzarb masalasi ham talim tizimidagi islohotlarning samaradorligini oshirish bilan bog‘langandir.
🗣- “Dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq”, - dedi hurmatli Prezidentimiz so‘z boshida! Menimcha ham bugun Yangi O‘zbekitonni takomillashtirish yo‘lida sog‘lom, har tomonlama bilimli, o‘z fikriga ega, Vatanparvar o‘g‘il - qizlarimizni tarbiyalash uchun barcha shart va sharoitlarni yaratish, asrning asosiy mohiyati deb bilaman.
✍️Yig‘ilishda yutuqlar bilan sohadagi mavjud kamchilik va muammolarga urg‘u berildi.
Mamlakatimizda ikki yil oldin toifa berish tizimi shaffof, raqamlashgan platformaga o‘tgani haqiqiy ahvolni aniqlashtirilganligi, o‘tgan yili 341 ming o‘qituvchi yangi tizim asosida toifaga topshirgan bo‘lsa, shundan 102 ming nafari imtihondan o‘ta olmagani qayd etildi.
🔼Shuningdek, ishga olishda diplomga qarab emas, bilim va malakani baholash tizimiga o‘tildi. Bu yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz bo‘lgani uchun ishga kira olmaganiga urg‘u berildi.
🔽Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylanib bormoqda. Hududlardagi malaka oshirish markazlar faoliyati kengaytirilib, ulardagi barcha yo‘nalishdagi professor-o‘qituvchilar AQSH, Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniyaning ilg‘or dasturlari asosida qayta tayyorlanishi muhim vositaligi, universitet, markaz, maktablardan muallimlarning xorijga malaka oshirishga yuborilishi ham bugungi kunning muhim islohatlaridan.
🎮Quvonarlisi, “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlanishi hamda Al- Beruniy nomli xalqaro maktabning tashkil e’tilishi meni etborimni qaratdi, undagi aynan 8-sinf bitiruvchilaridan saralab olinib, reytingi yuqori oliygohlarga maqsadli tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega deb bilaman. Yig‘ilishdagi masalalardan biri bog‘cha tarbiyachisining malakasi, mahorati, shuningdek psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimini joriy etilishi, bugungi standartlarga javob berishini taminlaydi va bu juda to‘g‘ri yo‘l deb o‘ylayman.
✍️Prezidentimizning yana bir dolzarb masala farzandlarimizni tashqaridan kelayotgan zararli axborotlardan himoya qilish hammamizni o‘ylantirayotgan muommo sifatida, maktabgacha va maktab vazirligi huzurida Bolalar kontentini rivojlantirish markazini tashkil etilishi ham muhim deb hisoblayman.
✍️ Yig‘ilishdagi ko‘rib chiqilgan barcha masalalarning dolzarbligi, mamlakatimizni taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shayotgan yoshlarimizning o‘z fikri, tafakkuri, dunyo qarashiga ega bo‘lgan kuchli mutaxassislar bo‘lib yetishib chiqib, o‘z Vataniga, yurtiga sodiq farzandlar bo‘lib, yangi sivilizatsiyani tashabusskorlari yo‘lida, intellektual kapital egasi bo‘lishlaridandir.
🤝Nasiba Mo‘minova,O’zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri, tuman Kengashi deputati.