Tadbirkorlar muammosi tinglandi: Tuman hokimi B. Raxmatullayev qabuli bo‘lib o‘tdi
Tadbirkorlar muammosi tinglandi: Tuman hokimi B. Raxmatullayev qabuli bo‘lib o‘tdi
Bugun navbatdagi tuman hokimi B. Raxmatullayevning tadbirkorlar uchun qabuli tashkil etildi. Unda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘zlarining dolzarb masalalari, taklif va tashabbuslari bilan murojaat qilishdi.
Qabulda yer ajratish, kredit olish, kommunikatsiya tarmoqlarini tortish va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Hokim tadbirkorlar tomonidan bildirgan muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida joyida hal qilish choralarini ko‘rdi.
B. Raxmatullayev ta’kidlaganidek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish tuman iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omillaridan biridir.
Shuningdek, qabul yakunida ayrim murojaatlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi doimiy nazoratga olindi.