SPORTCHILAR TAQDIRLANDI
SPORTCHILAR TAQDIRLANDI
Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilari Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, yurtimiz sha’nini yuksaltirishdi.
Indoneziyaning Jakarta shahrida dzyudo sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Alisher Samanov hamda Jurabek Eshpulatovlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i J. Nurmanov, Toyloq tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tuman tashkilot vakillari, sportchilarning yaqinlari, ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda sportchilarning mazkur yutuqlarida Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi dzyudo bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchisi Xusniddin Mamanovning xizmatlari ham alohida e’tirof etilib, munosib mukofotlandi.