insurez
20-09-2025 14:00

Sport yurtni dunyoga tanitadi


Sport yurtni dunyoga tanitadi 

     Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev  barcha sohalar singari sport yo'nalishiga ham e'tiborini qaratdi. Xususan, tuman rahbari hamda  tuman prokurori Olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash maktabida bo'lib, yosh sportchilar uchun yaratilgan va yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ular bilan samimiy muloqot qildi. Yotoqxona va o'quv binosi moddiy-texnik bazasi, mashg‘ulotlar uchun mavjud jihozlar, sport anjomlari, shuningdek, muassasa binosining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
    Hokim o‘qituvchilar va muassasa xodimlari bilan suhbatlashib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Ushbu uchrashuv davomida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

 

Teglar
- -