insurez
12-08-2025 10:03

Soliq xizmati xodimlari e’tirof etildi


Soliq xizmati xodimlari e’tirof etildi

        12-avgust — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati xodimlari kuni munosabati bilan Toyloq tuman soliq inspeksiyasida tadbir bo‘lib o‘tdi. 

        Unda tuman hokimining birinchi o`rinbosari Adham Sharipov soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.  A.Sharipov soliq xizmati davlat moliyaviy tizimini barqaror ta’minlash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda tutgan muhim o‘rnini alohida ta’kidladi.

       Tadbirda xizmat vazifasini sidqidildan bajarib, faoliyati davomida namuna ko‘rsatib kelayotgan soha xodimlariga tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

TOYLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

 

Teglar
- -