|

Версия сайта для слепых
31-10-2025 13:18

Rasmiy munosabat


Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Bog‘izag‘on mahallasi hududidagi 100 yillik daraxtlar tagi betonlab tashlangani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat bo‘yicha tuman hokimligi mas’ullari joyiga chiqib, vaziyatni o‘rgandilar. O‘rganishlar davomida tarqalgan xabarlar asossiz emasligi aniqlanib, daraxt taglari haqiqatan ham beton bilan qoplangani tasdiqlandi.
Shundan so‘ng tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan daraxt atrofidagi beton qatlami olib tashlanib, tuproq yumshatildi hamda daraxt o‘sishiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan materiallardan tozalandi.
Hurmatli fuqarolar!
Tabiat — bizning umumiy boyligimiz. Uni asrash, har bir daraxt, har bir niholga e’tiborli bo‘lish har birimizning burchimizdir. Shunday noxush holatlar takrorlanmasligi uchun sizning ham hushyorligingiz va yordamingizga tayanamiz. Agar shunga o‘xshash holatlarni kuzatsangiz, iltimos, tegishli tashkilotlarga xabar bering.

Teglar
- -