insurez
29-09-2025 21:08

Qo‘shaloq bayram: 39-maktabda yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi


Qo‘shaloq bayram: 39-maktabda yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Tumanimizdagi ko`plab umumta’lim maktablarida yangi qo`shimcha binolari qurub bitkazilib , o`qituvchi va o`quvchilar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berildi.  Xususan, 39-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun bugun yanada unutilmas kunga aylandi.

Maktabda qiymati 2 milliard 153 million so‘m bo‘lgan, 180 o‘rinli zamonaviy qo‘shimcha o‘quv binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan ustuvor e’tibor, zamonaviy o‘quv muassasalari barpo etilayotgani, yoshlarning puxta bilim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

Mazkur yangi binoning foydalanishga topshirilishi o`quvchilar quvonchiga quvonch ulashdi.

Teglar
- -