|

Версия сайта для слепых
13-11-2025 22:01

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – xalq farovonligi va adolat kafolati


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – xalq farovonligi va adolat kafolati Joriy yil 8-dekabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 33 yil to‘ladi. 1992-yilda qabul qilingan bu tarixiy hujjat xalqimizning siyosiy, ijtimoiy va huquqiy hayotida tub burilish yasab, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lini belgilab berdi. So‘nggi yillarda Konstitutsiyaviy islohotlar yanada chuqurlashdi. Xususan, 2023-yil 30-aprel kuni xalqimizning 90 foizdan ortiq ovozi bilan qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Unda inson qadri, adolat, qonun ustuvorligi va xalq hokimiyatchiligi tamoyillari mustahkam o‘rin oldi. Yangi tahrirdagi Asosiy Qonunda 90 dan ortiq inson huquqi va erkinligi mustahkamlanib, ularning 40 tasi ilk bor konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi. Har bir fuqaro endilikda milliy sudlar bilan bir qatorda xalqaro institutlarga murojaat qilish huquqiga ega bo‘ldi. Sud-huquq tizimidagi islohotlar esa amaliy natijalar bermoqda. Masalan, so‘nggi uch yil ichida Samarqand viloyatida ma’muriy sudlarga murojaatlar soni 30 foizga oshgan, ularning 70 foizi fuqarolar foydasiga hal etilgan. Bu esa odil sudlov tizimiga ishonchning ortib borayotganidan dalolat beradi. Toyloq tumanida ham fuqarolarning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yilda “Huquqiy savodxonlik haftaliklari” doirasida 50 dan ortiq mahalla va ta’lim muassasalarida tadbirlar o‘tkazilib, 2000 nafardan ziyod fuqaro Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklar haqida amaliy ma’lumot oldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Konstitutsiya — xalqimizning erkin va adolatli hayotini ta’minlaydigan mustahkam tayanchdir.” Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi bugun nafaqat huquqiy hujjat, balki xalqimizning ezgu orzu-intilishi, farovon hayot va adolatli jamiyat sari ishonchli yo‘l xaritasiga aylandi. Toyloq tumani hokimligi bosh yuriskonsulti Mirjalol O‘ktamov.

Teglar
- -