insurez
11-08-2025 08:00

O’rta qishloq mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi


O’rta qishloq mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz Rahbarining aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev rahbarligida O’rta qishloq mahallasida aholi vakillari va fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda, tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, O’rta qishloq mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.

Qabul davomida, fuqarolar tomonidan ichki yo‘lni ta’mirlash, elektr ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish, moddiy yordam ajratish va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalalari kabi murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.

Teglar
- -