Oliy maqsad – aholi roziligi!
#Sayyor_qabul
Oliy maqsad – aholi roziligi!
Xalq bilan muloqot joylardagi mavjud muammo va kamchiliklarni hal etishda, amaliy taklif va tashabbuslarni hayotga tatbiq qilishda eng samarali vositadir.
Bugun Toyloq tumani Zarafshon mahallasida tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Yuldashova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Toyloq tuman bo’linmasi rahbari Z.Avazov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida mahalla aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda mahalla raisi va yettilikning amalga oshirgan ishlari tinglanib, aholi bandligini ta’minlash, jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, ajrimlarni oldini olish, migratsiyadan qaytarish, to’ylarni qisqartish bo’yicha ko’rsatmalar va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ijobiy hal etish uchun tashkilotlarga biriktirildi.