Nuroniyda Yangi o'quv yiliga yangi maktab ochildi
Nuroniyda Yangi o'quv yiliga yangi maktab ochildi
Toyloq tumanidagi 55-umumta'lim maktabi o‘quvchilari uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy usulda qurilgan, yangi qo`shimcha maktab binosi foydalanishga topshirildi.
O‘quv muassasasi 180 o'ringa mo'ljallangan bo‘lib, o‘quvchilar sinfxonalari, o‘qituvchilar xonasi, kutubxona tashkil etildi va ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Eng asosiysi, maktabning koeffisiyenti 1,9 dan 1,1 ga tushirildi.
Ochilishda tuman hokimi B. Raxmatullayev, faxriy nuroniylar, mahalla faollari ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar, ustoz va ota-onalarni yangi o‘quv binosi bilan tabriklab, yoshlarga ilm yo‘lida yutuqlar tilashdi.
Tabir ishtirokchilari yangi maktab binosidagi qulayliklar va o`quvchi-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.