insurez
21-08-2025 12:03

Nuroniy otaxonu onaxonlarga ehtirom ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish va duolariga sazovor bo‘lish xalqimizga xos ezgu fazilat hisoblanadi.


Nuroniy otaxonu onaxonlarga ehtirom ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish va duolariga sazovor bo‘lish xalqimizga xos ezgu fazilat hisoblanadi.

     Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev tashabbusi bilan uzoq yillar samarali mehnat qilgan, tumanning har tomonlama ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shgan faol bir guruh nuroniylar uchun Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan bayram dasturxoni tashkil etildi. 
    Tadbirda mehnat faxriylari, jamoatchi nuroniylar, faxriy ustozlar, har jabxada faol otaxonu-onaxonlar taklif etildi.   
    Bayram dasturxoni ustida shukronalik hisi ila, tumanimiz gullab yashnashini tilab duolar qilindi. 
  
  Toyloq tumanida bugunga qadar faoliyat yuritib, ayni vaqtda boshqa bir sohalarda faoliyatini davom ettirayotgan bir guruh sobiq tuman rahbarlari ham yodga olinib tuman hokimining minnatdorchilik nomasi hamda esdalik sovg‘alari  topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website (https://tayloq.uz/ru/) |📲 Telegram (https://t.me/toyloq_hokimligi) | 💻Facebook (https://www.facebook.com/share/16fYWgRJj3/) |🖥 Instagram (https://www.instagram.com/toyloq.uz?igsh=c3MzOHgwM2N0bzEz) | (https://www.youtube.com/@samviib)

Teglar
- -