Noqonuniy qurilishlarga barham berilmoqda
Noqonuniy qurilishlarga barham berilmoqda Bugun Toyloq tumani hokimi o‘rinbosari T. Gulmuradov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan A-377 avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan noqonuniy yengil konstruksiyali qurilishlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman aholisiga qulay shart-sharoit yaratib berish maqsadida tumandagi noqonuniy qurilishlarga barham berilmoqda. Shu munosabat bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolardan shaharsozlik meʼyorlariga qatʼiy amal qilish, shuningdek, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartib va qoidalarga rioya etishlari so‘raladi.



