Navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi
Navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi Tuman hokimligida tadbirkorlar uchun navbatdagi ochiq qabul bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev boshchiligidagi tegishli tuman tashkilotlari vakillari hamda o‘z murojaatlari bilan kelgan mahalliy tadbirkorlar ishtirok etishdi. Qabul davomida tadbirkorlik faoliyatida uchrab turadigan turli muammolar, jumladan, ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish, qo‘shimcha yer maydonlari ajratish, infratuzilma bilan bog‘liq masalalar va boshqa dolzarb murojaatlar atroflicha muhokama qilindi. Tadbirkorlarning har bir murojaati bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.



