|

Версия сайта для слепых
08-10-2025 09:46

NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI


NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI 

✔️Toyloq tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda fikr, takliflarini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda tadbirkorlar uchun qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
👉🏽Bugun tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan qabulda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, 10 dan ortiq tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganishdi.
👉🏽Qabul davomida tadbirkorlar tomonidan kadastr, yuridik xizmatlar, auksion, kredit, yer hamda faoliyatini kengaytirish uchun amaliy yordam kabi turli murojaatlar kelib tushdi.
👉🏽Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi. Joyida o`rganish va murojaatni ijobiy hal qilish masalasi yuklatildi.

Teglar
- -