Mustaqillik bayrami munosabati bilan faol jonkuyarlar taqdirlandi
Mustaqillik bayrami munosabati bilan faol jonkuyarlar taqdirlandi
Mustaqilligimizning 34 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan tuman hokimligida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda turli sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan, o‘z ishida tashabbuskor va jonkuyar xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbirda tuman hokimi B. Raxmatullayev so‘zga chiqib, mustaqillikning xalqimiz hayotidagi ulkan ahamiyatini, bugungi tinch va farovon kunlarning mehnatkash xalqimiz fidoyiligi hamda davlatimiz rahbariyati olib borayotgan oqilona siyosat samarasi ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan bir guruh faol jonkuyar, mehnatkash soha xodimlariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Bu e’tibor ularning bugungi rivojlanish yo‘lidagi munosib hissasi hamda jamiyatda olib borayotgan samarali faoliyatiga bo‘lgan hurmat ifodasi bo‘ldi.
Tadbir bayramona ruhda o‘tdi.