“Mening maktabim” loyihasi g‘oliblari e’lon qilindi
“Mening maktabim” loyihasi g‘oliblari e’lon qilindi “Ochiq budjet” portalida “Mening maktabim” loyihasining 2025/2026-o‘quv yilidagi 1-bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi. Bunga ko‘ra, Toyloq tumanida umumiy qiymati 3 536,0 mln so‘mni tashkil etgan 226 ta loyiha g‘olib deb topildi. Ushbu loyihalar uchun jami 3 530 nafar o‘quvchi tomonidan ovoz berilgan. G'olib loyihalar ro'yxati bilan ushbu havola (https://openbudget.uz/school/project-introduction/2 2) orqali tanishishingiz mumkin. Barcha g’olib tashabbuskorlarni tabriklaymiz! Sh.Po‘latov, Toyloq tuman Iqtisodiyot va moliya bo’limi bosh mutaxassisi.



