Matbuot maskani – e’tibor markazida
Matbuot maskani – e’tibor markazida
Bugun Toyloq tumani hokimi B.Raxmatullayev tumandagi faol ommaviy axborot vositasi — “Qo‘shchinor” gazetasi tahririyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvdan maqasad tahririyat jamoasining mehnat sharoitlari, moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishish, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha muloqot qilishdan iborat bo‘ldi.
Hokim tahririyat binosini ko‘zdan kechirib, tahririyatda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida jurnalistlar tomonidan gazeta sifati, yoritilayotgan mavzular, obunachilar sonini oshirish, texnik jihozlar va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha taklif va muammolar bayon etildi.
Tuman hokimi tahririyat jamoasining takliflarini tinglab, zamonaviy ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berdi.
Shuningdek, tuman hokimi “Qo‘shchinor” gazetasi tuman hayotining oynasi ekanini ta’kidladi.