insurez
24-05-2025 08:00

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi


Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi

 

   Bugun Toyloq tumanidagi 62 ta umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ortiqcha dabdababozlikdan holi, namunali tarzda tashkil etildi. Xususan, 17-maktabda tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Bahodir Bobonazarov ishtirok etib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, tuman rahbari o‘z so‘zida bitiruvchilarni katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotganlari, qolaversa, maktab jamoasini 2024-2025-o‘quv yilini muvoffaqiyatli tugatganlari bilan qutladi.

   Shundan so‘ng, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi.

    Tadbir doirasida yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, yutuqlarga erishgan, fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilar taqdirlandi.

Teglar
- -