Maktabgacha taʼlim muassasalari qurilishi jadallashmoqda
Maktabgacha taʼlim muassasalari qurilishi jadallashmoqda
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev hamda tuman prokurori A. Abdullayev yangidan qurilayotgan 4-, 8- va 12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bo‘lib, olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari jarayonini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, muddatlarga rioya qilinishi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Hokim va prokuror tomonidan masʼullarga qurilish jarayonlarini jadallashtirish, ishlarni belgilangan tartibda va tez fursatda yakunlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev taʼkidlaganidek, mazkur taʼlim muassasalari foydalanishga topshirilgach, tumandagi bolalarni sifatli maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish imkoniyatlari yanada kengayadi.



