Maktab binosi bayram sovg`asi bo`ldi
Maktab binosi bayram sovg`asi bo`ldi
Zarafshon mahallasining 37-umumta’lim maktabida yangi 180 o‘rinli qo`shimcha binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda Behzod Raxmatullayev, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Marosimda ramziy lentalar kesilib, yig‘ilganlar yangi bino va unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Respublikamizda, jumladan Toyloq tumanida ham ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. Yangi bino foydalanishga topshirilishi esa mazkur maktab o‘quvchilari uchun zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Faol nuroniylar ham so‘zga chiqib, barpo etilgan ta’lim maskanlari bir-biridan ko`rkam va shinamligi ko`zni quvontirishini bu esa kelajak avlod uchun beqiyos tuhfa ekanligini qayd etdilar.
Yangi qad rostlagan ko`rkam va shinam bino maktab jamoasi uchun bayram tuhfasi bo`ldi.