Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toyloq tuman hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika shtabi vakili Farhod Qarshiboyev, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, prokuratura, ichki ishlar bo‘limi, soliq inspeksiyasi, tegishli tashkilot rahbarlari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, xalqaro avtomobil yo‘llarida obodonlashtirish, transformator va simyog‘ochlarni yangilash, tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish hamda salomatlik yo‘laklarini barpo etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.



