Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishda barchamiz birdek mas'ulmiz
Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishda barchamiz birdek mas'ulmiz Aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida tuman hokimining o'rinbosari A.Sharipov va tuman mas'ullari Bog'ichinor mahallasidagi ko'p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko'zdan kechirdi. Aholi bilan suhbatlashib, fuqarolarning kundalik yashash sharoiti va mavjud muammolarini tinglab, tezda bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.



