“KUMUSH TOLA”, PILLA TOPSHIRISH JARAYONLARIGA START BERILDI
“KUMUSH TOLA”, PILLA TOPSHIRISH JARAYONLARIGA START BERILDI
Toyloq tuman "Toyloq Silk" MCHJ ga pilla topshirish jarayonlari boshlab yuborildi. Jarayonda tuman hokimi B.Babonazarov, IIB boshlig’I, DXX rahbari, tuman imom xatibi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’ul xodimlari va bir guruh faollar ishtirok etishdi. Kechayu kunduz tinim bilmasdan oqlik va poklik ramzi bo‘lgan ipak qurti boqishda o‘z mehnatlarini ayamagan pillakorlarimizga tumanimiz hokimi va mutasaddi rahbarlarimiz tomonidan bir payola choy tashkil qilinib, esdalik sovg‘alar topshirildi.
Joriy yilda Toyloq tumanida 3300 quti ipak qurti urug‘i parvarishlanib, 198 tonna qimmatbaho sanoat xom ashyosi yetishtirish maqsad qilib olingan. Buning uchun 597 ta fermer xo‘jaliklari bilan ichki shartnomalar imzolangan. Hozirgi kunda yetishtirilgan pillaning har kilogrami uchun 40000 ming so‘mdan pul mablag‘lari berilmoqda.