|

Версия сайта для слепых
03-11-2025 20:51

Koreyalik investorlar Toyloqda zamonaviy shaftoli bog‘i barpo etmoqchi


Koreyalik investorlar Toyloqda zamonaviy shaftoli bog‘i barpo etmoqchi Bugun Toyloq tumaniga Koreyalik investorlar delegatsiyasi mehmon bo‘ldi. Delegatsiya a’zolarini tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman hokimining o‘rinbosari J.Sattorov hamda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i J. Jo‘raqulovlar kutib oldilar. Uchrashuv davomida Koreyalik tadbirkorlar tuman hududida yirik shaftoli bog‘i barpo etish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdilar. Ularning ma’lumot berishicha, loyihada ekiladigan shaftoli navi kechpishar bo‘lib, mevalar oktabr–noyabr oylarida tayyor bo‘ladi. Mazkur nav yuqori hosildorligi va sifatli mevasi bilan ajralib turadi. Tuman rahbariyati tomonidan xorijiy investorlarning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi hamda bog‘ yaratish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar bildirildi. Mazkur loyiha amalga oshirilsa, tumanda meva yetishtirish hajmi ortib, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va hudud eksport salohiyatining yanada oshishiga xizmat qiladi.

Teglar
- -