KO‘P TARMOQLI FERMER XO‘JALIGIDA KELGUSIDAGI REJALAR QANDAY?
KO‘P TARMOQLI FERMER XO‘JALIGIDA KELGUSIDAGI REJALAR QANDAY?
Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Vorsin agrofirmasiga qarashli “Xudoyberdiyev Ozod Shodiqulovich” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida bo‘ldi.
Xo‘jalikda yetishtirilayotgan ekinlar holati va hosildorlik darajasi bilan yaqindan tanishdi. Fermer xo‘jaligi rahbari bu yil hosildorlikni oshirish maqsadida zamonaviy agrotexnologiyalar qo‘llanilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, yer unumdorligini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi. Shuningdek, kelgusida ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish rejalari borligi taʼkidlandi.
Tuman hokimi bozor talabidan kelib chiqib mahsulot turlarini kengaytirish, hosilni tayyor mahsulot sifatida ichki hamda tashqi bozorga chiqarish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Iqtisodiyotini rivojlantirishda fermerlarning o‘rni katta ekanini ta’kidlab, zarur yordam va qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etishini bildirdi.