|

Версия сайта для слепых
10-11-2025 17:46

Kitobxonlik haftaligiga start berildi


Kitobxonlik haftaligiga start berildi Yurtimiz bo‘ylab 10-14-noyabr kunlari “INFOLIB UZBEKISTAN – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan bugun Toyloq tuman axborot-kutubxona markazida kutubxona ishi, axborot texnologiyalari va raqamli madaniyat sohalarida erishilgan yutuqlarni namoyishi, kitob taqdimotlari, viloyatimizning, xususan tumanimiz ijodkorlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev,  Zarafshon va Samarkanskiy vestnik gazetalari bosh muharriri F. Toshev,  Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibi S.Usmonovlar qatnashib kitobxonlik bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Haftalik davomida toyloqlik shoir va tarjimon Jamol Sirojiddin (Xumiy)ning "Ey dil, senga ne kerak?" deb nomlangan kitobining taqdimoti bo`lib o'tdi. Tuman tashkilotlari tomonidan 1000 dan ortiq kitoblar axborot-kutubxona markazi fondiga sovg'a qilindi. Toyloq tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan haftalik davomida qiziqarli uchrashuvlar, seminarlar, taqdimotlar, o‘quv mashg‘ulotlari hamda madaniy dasturlar o‘tkazildi.

Teglar
- -