KELAJAK SOATI DARSI O'TKAZILDI
KELAJAK SOATI DARSI O'TKAZILDI
Tumadagi ixtisoslashtirilgan maktabda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan "Hosil bayrami va oziq ovqat xavfsizligi" mavzusida kelajak soati darsi o'tkazildi.
Tadbir samimiy muloqot ruhida kechib, yoshlar va rahbar o‘rtasida ochiq suhbat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida hokim bitiruvchi yoshlarning kelgusidagi orzu-maqsadlari, qiziqishlari hamda tanlagan yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi. O‘quvchilar o‘z rejalari haqida so‘zlab, turli sohalarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etishga intilayotganliklarini bildirdilar.
Hokim yoshlarning tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashini, bilim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyorligini ta’kidladi.