|

Версия сайта для слепых
20-10-2025 19:50

“Kelajak soati” darsi: Davlat tili bayramiga bag‘ishlangan ochiq muloqot


“Kelajak soati” darsi: Davlat tili bayramiga bag‘ishlangan ochiq muloqot

Tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda “O‘zbek tili bayrami” kuniga bag‘ishlangan navbatdagi “Kelajak soati” darsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu darsni tuman hokimi Behzod Raxmatullayev shaxsan olib bordi.

“O‘zbek tili — milliy g‘ururimiz va xalqimizni birlashtiruvchi bebaho qadriyatdir. Uni sevish, o‘rganish va rivojlantirish har bir yosh avlodning sharafli burchidir,” — dedi tuman hokimi o‘z nutqida.

Tadbir yakunida tuman hokimi o‘quvchilarga tilimizni qadrlash, ona tilimizda ravon va adabiy so‘zlashish, uni har bir sohada yuksaltirishga hissa qo‘shish borasida tavsiyalar berdi.
Ushbu “Kelajak soati” darsi yoshlarda ona tiliga nisbatan chuqur hurmat va e’tibor uyg‘otdi. 

Teglar
- -