#JARAYON
#JARAYON
Toyloq tumanida amalga oshirilayotgan eng yirik loyihalardan biri bu — “Yangi O‘zbekiston” massividir. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-sonli “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjati asosida boshlangan. Tumanning Chorog‘bon mahallasida 27,4 gektar maydon ajratilib, zamonaviy shaharsozlik tamoyillariga mos tarzda qurilish ishlari olib borilmoqda.
Bugun Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev massiv qurilishi holatini ko'zdan kechirdi.
Massiv qurilishi uch bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqich doirasida 12 ta ko‘p qavatli turar-joy binosi barpo etilishi, bu uylar zamonaviy talablarga mos ravishda, barcha kommunikatsiyalar bilan ta’minlangan holda qurilishi, 360 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, mahalla markazi hamda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari foydalanishga topshirilishi ta'kidlandi.