|

Версия сайта для слепых
08-11-2025 20:08

Ishga mas'uliyat va javobgarlik — samaradorlik omili


Ishga mas'uliyat va javobgarlik — samaradorlik omili Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev boshchiligida tuman korxona-tashkilot rahbarlari bilan muhim masalalar bo'yicha yig‘ilish oʻtkazildi Yig'ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi PQ-1-son qarorni ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, bino va  inshootlarga, aholi xonadonlariga quyosh panellarini oʼrnatish, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini olib borish, "Yashil makon" loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, Asalarichilik festivaliga tayyorgarlik ko'rish, temir yo'l hududini obodonlashtirish, umumta'lim maktablarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, ko'mir masalasi, Yangi O'zbekiston massividagi uy-joylar, bo'sh turgan joylarni ijaraga berish kabi masalalar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Shuningdek, kun tartibida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan soha rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Teglar
- -