Ijtimoiy ko‘chada olib borilayotgan ishlari o‘rganildi
Ijtimoiy ko‘chada olib borilayotgan ishlari o‘rganildi
Tuman markazida barpo etilayotgan Ijtimoiy ko‘cha hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma ishlari tuman hokimi Behzod Raxmatullayev hamda tegishli soha rahbarlari ishtirokida joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
Mazkur o‘rganish davomida ko‘cha bo‘ylab olib borilayotgan ishlar holati atroflicha o‘rganildi. Jumladan, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, ariqlar va zovurlarni tozalash, ko‘cha chetlariga ekilgan daraxt va butalarga agrotexnik xizmat ko‘rsatish, ko‘chani yoritish va bezatish borasidagi mavjud kamchiliklar muhokama qilindi.
Tuman hokimi ishlar sifati va bajarilish muddatiga alohida e’tibor qaratib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.
Shuningdek, bu kabi obodonlashtirish tadbirlari nafaqat ko‘rkam tashqi muhitni shakllantiradi, balki aholining kayfiyati va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.



