Gulchilikda innovatsiyalar: yangi navlar — hosildorlik va go‘zallik garovi
Gulchilikda innovatsiyalar: yangi navlar — hosildorlik va go‘zallik garovi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlari qatori gulchilik ham jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa, yangi, serhosil va kasalliklarga chidamli navlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion ishlar bu sohaga yangi sur’at bermoqda.
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev tumandagi Invetro ko'chatchilik va gulchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Tuman hokimi yangi serhosil va chidamli gul va ko'chat navlarini yaratish nafaqat ichki bozorni sifatli gul va ko'chatlar bilan ta’minlaydi, balki eksport salohiyatini oshiradi, yangi ish o‘rinlari yaratadi va mamlakatimizning qishloq xo‘jaligidagi innovatsion qobiliyatini namoyon etishini ta'kidladi.